
O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiyi "Nasaf"da (Foto)
Tajribali mutaxassis, O‘zbekiston milliy terma jamoasi darvozabonlar murabbiyi Denis Ivankov “ajdarlar” safida yana qayta ish boshladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zingizga ma’lum, Denis Ivankov 2013-2018 yillar oralig‘ida "Nasaf"da faoliyat olib borgan va shu vaqt ichida ko‘pgina darvozabonlarning etishib chiqishida o‘z hissasini qo‘shgan edi. Hozirgi kunda jamoa darvozabonlari Umidjon Ergashev hamda Abduvohid Ne’matovning porlab chiqishida ham Ivankovning mehnatlari katta.
Shu kungacha bosh jamoada qarshiliklar davozabonlarini shug‘ullantirib kelgan Asliddin Hasanov “Nasaf” U-21 jamoasida yosh darvozabonlar bilan ishlashda davom etsa, Denis Monin futbol maktabida o‘z faoliyatini davom ettiradi.
Fikrlar