
O‘zbekiston MMA Assotsiatsiyasining yangi logotipini ko‘rdingizmi? (Video)
Kuni kecha O‘zbekiston aralash jang san’atlari Assotsiatsiyasining yangi logotipi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Yangi logotip o‘zida bir qator assotsiativ tushunchalarni mujassamlashtirgan. Unda oktagon shaklini ham, yirtqich hayvon siymosini ham, tog‘lar ortidan ko‘tarilib kelayotgan quyoshni ham tasavvur etish mumkin.
So‘nggi siymo O‘zbekistonning boy tabiati timsolidir. Logotip mualliflari fikriga ko‘ra, brending o‘zida nafaqat tashkilotning, balki butun mamlakatning kuch va qudratini aks ettirishi zarur.
⠀
Tadbirda xizmat ko‘rsatgan sport fahriylari, taniqli sportchilar va shu yo‘nalishda faoliyat yurituvchi tashkilot vakillari ishtirok etishdi.
⠀
Tadbir ishtirokchilari O‘zbekiston MMA Assotsiatsiyasining yangi brendingi borasida o‘z fikr va taassurotlari bilan bo‘lishishdi.
Fikrlar