
O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasining yangi rahbari ma’lum bo‘ldi
Otabek Umarov O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi rahbari lavozimidagn iste’foga chiqqanini ma’lum qilgan edik.
Endi assotsiatsiyani O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri, general-mayor Bahodir Qurbonov boshqaradi. Bahodir Qurbonov 2019 yilning 11 fevral oyidan buyon O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri sifatida faoliyat olib bormoqda.
Undan avval esa, Toshkent shahri, poytaxt va Sirdaryo viloyatlari hududini o‘z ichiga olgan Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlariga qo‘mondonlik qilgan. Unga qadar Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelgandi.
Fikrlar