
O‘zbekiston MTJ "JCh-2026" saralashining birinchi uchrashuvida qanday formada o‘ynashi ma’lum (Foto)
Turkmanistonga qarshi to‘liq ko‘k libosda o‘ynaydi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi 16 noyabr kuni "JCh-2026" saralash bosqichi doirasida Turkmanistonga qarshi maydonga tushadi.
Bugun jamoalar vakillari o‘rtasida o‘yinoldi tadbirlar o‘tkazildi. O‘FA matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, mazkur bahsda futbolchilarimiz to‘liq ko‘k libosda, darvozabonimiz esa yashil libosda harakatlanadi.
Uchrashuv ertaga soat 19:00 da “Ashxobod” stadionida start oladi.
Fikrlar