
O‘zbekiston MTJning ertangi o‘yindagi raqibi FIFA reytingida qaysi o‘rinda ekanligini bilasizmi?
Namangan 25-29 mart kunlari “Navruz Cup-2022” xalqaro turniriga mezbonlik qiladi. Bugun o‘yin oldi rasmiy tadbirlar o‘tkazildi. Ertaga esa 2 ta yarim final bahslari bo‘lib o‘tadi.
Dastlab 15:30da Uganda qo‘shni Tojikiston bilan kuch sinashadi. 19:00da esa O‘zbekiston milliy terma jamoasi Qirg‘izistonga qarshi maydonga tushadi.
Srechko Katanetsning turnirdagi ilk raqibi Qirg‘iziston FIFA reytingida 96-o‘rinda qayd etilgan. Hamyurtlarimiz 86-pog‘onada bormoqda.
Fikrlar