
O‘zbekiston MTJning Shvetsiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yiniga legionerlar ham jalb qilinadimi?
30 avgust - 7 sentyabr kunlari Osiyoda milliy terma jamoalar uchun FIFA kunlari bo‘lib o‘tadi.
FIFA kunlaridan unumli foydalanish maqsadida O‘zbekiston milliy terma jamoasi ham ushbu muddat mobaynida Toshkent va Stokgolm shaharlarida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazadi.
Yig‘in davomida vakillarimiz Shvetsiya milliy terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Mazkur bahsga 5 sentyabr sanasida Stokgolmdagi “Friends” stadioni mezbonlik qiladi.
Bugun tunda Toshkent vaqti bilan 00:30da Srechko Katanets yurtimizga tashrif buyuradi va O‘FA vakillari bilan muzokaraga kirishadi. Hozircha, tomonlar og‘zaki kelishuvga erishgan. Agar rasmiy tarzda bitim tuzilsa, Shvetsiyadagi o‘rtoqlik bahsida terma jamoamizga sloveniyalik murabbiy boshchilik qiladi.
SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, ushbu yig‘inga mahalliy futbolchilardan tashqari xorijda to‘p tepayotgan legionerlarimiz ham jalb qilinadi.
Fikrlar