O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi BAAda ilk mashg‘ulotini o‘tkazdi (Fotogalereya)

  • 11 noyabr, 2019, 00:43
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yanvar oyida Tayland yashil maydonlarida bo‘lib o‘tadigan U-23 Osiyo chempionati final bosqichiga tayyorgarlik olib borayotgan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi har oy yig‘in tashkil etib, xalqaro o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushmoqda.

Bir hafta davomida Toshkentda yig‘in o‘tkazgan Lyubinko Drulovich boshqaruvidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bugundan mashg‘ulotlarni BAAda davom ettiradi.

Kunning birinchi yarmida Dubayga etib kelgan olimpiyachilarimiz “Time Grand” mehmonxonasiga joylashdi. Tushdan so‘ng esa BAA futbol assotsiatsiyasi maydonida ilk mashg‘ulot o‘tkazildi.

Qayd etish joiz, olimpiyachilarimiz BAA yig‘ini doirasida “Dubay xalqaro do‘stlik musobaqasi”da ishtirok etadi. 13-19 noyabr kunlari davomida qit’amizning 8 ta – BAA, Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Suriya, Janubiy Koreya, Iroq, Iordaniya hamda O‘zbekiston olimpiya terma jamoalari mazkur musobaqada g‘oliblik uchun bahs olib borishadi.

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi ilk uchrashuvini 13 noyabr kuni Iroq olimpiya termasiga qarshi o‘tkazadi.

Quyida terma jamoamizning bugungi mashg‘ulotidan fotolavhalarni tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!