O‘zbekiston Pro-ligasi. "Turon" qiyinchiliksiz g‘alaba qozondi
O‘zbekiston Pro-ligasi 16-turidan o‘rin olgan qoldirilgan uchrashuv yakuniga etdi. Unda "Turon" hamda "Yangier" jamoalari o‘zaro kuch sinashdi.
Sergey Morozov va Jasurbek O‘rinov tomonidan kiritilgan gollar mezbonlarga g‘alaba taqdim etdi.
Shu tariqa, yaypanliklar ochkolari sonini 38 taga etkazgan holda, Pro-liga turnir jadvalida 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi.



Fikrlar