O‘zbekiston Superkubogida "Paxtakor" va "Nasaf"ning ketma-ket to‘rtinchi to‘qnashuvi (prevyu)

  • 28 may, 2024, 12:21
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

29 may kuni "Sherlar" "Bunyodkor" stadionida "Nasaf" bilan O‘zbekiston Superkubogi o‘yinida maydonga tushadi.

Hozirga qadar “Paxtakor” Superkubokda olti bor maydonga tushgan. 1999 yil "Navbahor", 2015 yil "Lokomotiv", 2016 va 2023 yil "Nasaf"ga imkoniyat boy berilgan. Ikki bor "Nasaf" ustidan g‘alaba qo‘lga kiritilgan - 2021 va 2022 yillarda.

Ta’kidlash lozim, "Paxtakor" va "Nasaf" ketma-ket to‘rtinchi marta ushbu sovrin uchun hal qiluvchi o‘yinda to‘qnash kelmoqda. O‘yinni diskvalikatsiya sababli “Paxtakor” dan Sardor Sobirxo‘jaev, “Nasaf”dan G‘olib G‘aybullaev o‘tkazib yuboradi.

"Nasaf" va "Paxtakor" o‘rtasidagi bellashuv 29 may, chorshanba kuni Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida soat 19:00 da boshlanadi.

"Paxtakor" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Олға насаф
28/05/2024 15:37
Насафга омад тилайман. Бунёдкор стадиони Чилонзорда шекилли ((
ишбобоев жума
28/05/2024 15:12
Олга Насаф. Сурхон ишкибозлари сен томонда.