O‘zbekiston Superkubogiga eng ko‘p qaysi stadion mezbonlik qilgan?

  • 26 fevral, 2022, 18:11
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ertaga Yaypanda O‘zbekiston Superkubogi bo‘lib o‘tadi. Superliga chempioni "Paxtakor", kubok sohibi "Nasaf"ga qarshi maydonga tushadi.

Tecno

Bellashuvga "O‘zbekiston" stadioni mezbonlik qiladi. Uchrashuv 16:00da boshlanadi. O‘yin oldidan ayrim ma’lumotlarni taqdim etamiz.

Superkubok bahsi shu paytgacha 6 marta o‘tkazilgan. Bellashuvlar 2 marta "Bunyodkor" arenasida tashkil etilgan. "Neftchi", "Jar", "Paxtakor" va "Dinamo" stadionlari bir martadan o‘yinni o‘zida qabul qilgan. Ertaga "O‘zbekiston" o‘yingohi ham ular qatoriga qo‘shiladi. Ushbu stadion Superkubok o‘tkazilgan 6-stadionga aylanadi.

Quyida O‘zbekiston Superkubogi o‘tkazilgan stadionlar bilan tanishing:

1999 yil. "Neftchi" stadioni (Farg‘ona)

2014 yil. "Jar" stadioni (Toshkent)

2015 yil. "Bunyodkor" stadioni (Toshkent)

2016 yil. "Bunyodkor" stadioni (Toshkent)

2019 yil. "Paxtakor" stadioni (Toshkent)

2021 yil. "Dinamo" stadioni (Samarqand)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!