
O‘zbekiston Superligasi. 3 ta gol, bitta qizil kartochka yoxud "Bunyodkor" "Surxon"ni taslim etdi
O‘zbekiston Superligasi 24-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" - "Surxon" uchrashuvi nihoyasiga etdi. Unda mezbonlar 2:1 hisobida zafar quchdi.
"Qaldirg‘ochlar" safida ikki golni Ismonaliev va Ikromov kiritdi. Bu gollarga termizliklardan Sanches bitta gol bilan javob qaytardi.
Shu tariqa, "Bunyodkor" ochkolari sonini 31 taga etkazib oldi. Jamoa ayni payt 9-pog‘onadan joy egallagan.
"Surxon" hisobida 26 ochko mavjud bo‘lib, klub 11-pog‘onani band etgan.
Fikrlar