
O‘zbekiston Superligasi. "Navbahor"dan ustun kelgan "Bunyodkor"ning navbatdagi "o‘ljasi" - "Metallurg"
Superliga 21-turidan o‘rin olgan "Metallurg" - "Bunyodkor" uchrashuvi yakuniga etdi. Unda "qaldirg‘ochlar" 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab, 35-daqiqada Farruhjon Ibrohimov hisobni ochdi. Biroz o‘tib, Jasur Hakimov 11 metrlik nuqtadan gol urib, muvozanatni tikladi. 77-daqiqa o‘tib borayotgan bir paytda Umid Sultonov jamoasiga g‘alaba keltirgan golga mualliflik qildi.
Shu tariqa, "qaldirg‘ochlar" ochkolari sonini 27 taga etkazib oldi. Bekobodliklar hisobida esa hozircha 26 ochko bor.
Fikrlar