O‘zbekiston Superligasi. "Neftchi" Toshkentda "Lokomotiv"ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi
O‘zbekiston Superligasi 20-turidan o‘rin olgan "Lokomotiv" - "Neftchi" uchrashuvi nihoyasiga etdi. Unda mehmonlar ishonchli 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
"Yo‘lbarslar" safida gollarga Abdullaev, Abdullajonov va Qo‘ziev mualliflik qildi. "Temiryo‘lchilar"ning yagona goli Jumaboev nomiga qayd etildi.
Shu tariqa, "Neftchi" ochkolari sonini 25 taga etkazib oldi. Jamoa ayni payt 8-pog‘onadan joy egallagan.
"Lokomotiv" hisobida 19 ochko mavjud bo‘lib, klub 11-pog‘onani band etgan.
Fikrlar