O‘zbekiston Superligasidagi futbolchilarning yangilangan transfer narxlari bilan tanishing

  • 23 noyabr, 2022, 18:58
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasida mavsum yakuniga etdi. Yuqori tempda o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim etishda davom etamiz.

Statistika bilan shug‘ullanuvchi "Transfermarkt" portali chempionatimiz futbolchilarining yangilangan transfer narxlarini ma’lum qildi. Eng yaxshi natija 200 ming evroni tashkil etadi va bu ko‘rsatkich Jamshid Iskanderov, Otabek Jo‘raqo‘ziev, Saidazamat Mirsaidov hamda Ruslan Jiyanovda.

Ulardan keyin 150 ming evrolik plyus bilan Husniddin Aliqulov, Zoran Marushich, Jamshid Boltaboev, Umarali Rahmonaliev, Muhammadqodir Hamraliev, Bektemir Abdumannopov va Abbosbek Fayzullaev joylashgan.

Transfer narxi 100 ming evroga oshgan futbolchilar esa quyidagilar: Husain Norchaev, Rustam Ashurmatov, Azizbek Turg‘unboev, Akmal Mozgovoy, Ruben Sanches, Asad Sobirjonov, Alibek Davronov, Shahzod Toirov, Nurmuhammad Toshpo‘latov, Muzaffar Olimjonov va Abdulloh Omonaliev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!