O‘zbekiston terma jamoasi FIFA reytingida bir pog‘ona yuqoriladi

  • 23 yanvar, 2024, 20:25
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo kubogining 3-turida Avctraliya bilan 1:1 hisobida durang o‘ynab, pley-offga yo‘l olgan O‘zbekiston terma jamoasi FIFa reytingida bir pog‘ona yuqoriladi. 

Tecno

Endilikda "oq bo‘rilar" 1362,80 ochko bilan 67-o‘rinda bormoqda. Avctraliya esa 24-pog‘onaga tushib ketdi. Bundan oldin Srechko Katanets shogirdlari Hindistonni yirik 3:0 hisobida taslim qilib, ikki pog‘ona ko‘tarilgandi (68dan 66ga).

O‘zbekiston guruhdan ikkinchi o‘rin bilan pley-offga yo‘l oldi. Vakillarimiz 1/8 bosqichda "F" guruhida ikkinchi o‘rinni olgan jamoaga qarshi maydonga tushadi. Bu O‘man yoki Tailand bo‘ladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!