
O‘zbekiston terma jamoasi Moskvada Rossiya bilan javob o‘yini o‘tkazishi, bu bahs muxlislarimiz uchun nega muhim deb aytilmoqda? O‘FA vitse-prezidenti bu borada fikr bildirdi
O‘zbekiston futbol assosiasiyasi vitse-prezidenti Odil Ahmedov Rossiya terma jamoasi bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish bo‘yicha Rossiya futbol Ittifoqi (RFI) bilan muzokaralar qanday o‘tgani haqida gapirib berdi hamda keyinchalik jamoalar o‘rtasida javob o‘yini o‘tkazilishi imkoniyatlarini bo‘lishini ham istisno etmadi.
- Xalqaro bo‘limimiz RFI bilan Toshkentda o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishga kelishib oldi. O‘yinni Rossiyada o‘tkazish haqida hech qanday muzokaralar bo‘lmagan. O‘zbekiston milliy terma jamoasi noyabr oyida poytaxtimizda ikkita o‘yin o‘tkazishni rejalashtirgandi. Shunday bo‘ldi: 16 noyabrda Qozog‘iston bilan, 20 noyabrda esa Rossiya terma jamoasi bilan o‘ynaymiz.
- O‘FA va RFI o‘rtasidagi muzokaralar qanchalik qiyin va uzoq davom etdi?
- RFI bilan muzokaralar uzoq vaqt davom etmadi, biz birgalikda tezkor qaror qaror qabul qildik va o‘yin sanasini belgilab oldik.
- Nima uchun Rossiya bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘zbekistonlik muxlislar uchun muhim?
- Birinchidan, o‘yin Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Anacha tanaffusdan keyin jamoamiz ketma-ket ikkita uy uchrashuvini o‘tkazadi. Ikkinchidan, Rossiya termasi bizga yaxshi raqiblik qiladi, o‘ylaymanki, muxlislarimiz uchun bayram bo‘ladi. O‘zbekistonga kuchli jamoalar kelgani yoqimli, albatta.
- Kelajakda Rossiya bilan yana bir o‘rtoqlik uchrashuv o‘tkazish imkoniyatinibormi? Ehtimol, Rossiyada?
- Albatta, mumkin. O‘zbekiston - Rossiya o‘rtoqlik o‘yiniga RFI rahbariyati ham kelishi haqida xabar berilgandi. Prezident Aleksandr Dyukovni bilmayman, lekin vitse-prezident Aleksandr Alaev kelishi aniq. U Toshkentga kelishi bilan uchrashib, bu masalani muhokama qilamiz, - dedi Ahmedov "Sport24" nashriga bergan intervyusida.
Fikrlar