O‘zbekiston terma jamoasi Tailandga qarshi qanday libosda harakat qilishi aniq bo‘ldi

  • 29.01.2024 15:33
  • Suhrob Xolbekov
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 30-yanvar kuni Osiyo kubogining 1/8 final bosqichida Tailandga qarshi bahs olib boradi. Mazkur uchrashuvda futbolchilarimiz to‘liq oq libosda, darvozabonimiz esa qora libosda harakatlanadi.

Shuningdek, uchrashuvni boshqarib boradigan hakamlar guruhi ham ma’lum. Bosh hakam malayziyalik Muhammad Nazmi bin Nasaruddin, unga qanotlarda hamyurtlari Muhammad Zairul hamda Arif Shamil yordam beradi. Zaxira hakami sifatida esa o‘monlik Ahmad Abu Bakar Said al-Kaf ishlaydi.

 Uchrashuv 30 yanvar kuni soat 16:30 da “Al-Janub” stadionida start oladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
АЛИ
29/01/2024 19:48
UZBEKISTAN TERMA JAMOASI UYINI YIRIK HISOBDA YUTISHI VA GʻALABA QOZONIB OSIYODA BIR BOʻSH EKANINI KOʻRSATIB QUYISHI SHART I TERMA JAMOAMIZ YUTISHGA
MAJBURIY HOZIR CHA BOSHQA YUL YUQ ORQADA JARLIKKA TUSHIB QOLADI FAQAT OLDINGA OʻTIB INTILISH SHART OMAD TILAYMIZ