
O‘zbekiston terma jamoasining o‘yinlariga nechta chipta sotildi?
Bugun Qatar yashil maydonlarida qit’amizning eng nufuzli turnir hisoblangan Osiyo kubogiga bugun start beriladi. Dastlabki bahs Qatar va Livan o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv esa Toshkent vaqti bilan 21:00da boshlanadi.
Eng so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, ochilish o‘yiniga 68 mingdan ziyod chipta sotilgan. Ushbu bahs o‘sha mashhur "Lusail" stadionida bo‘lib o‘tadi va u o‘z bag‘riga 88 966 nafar muxlisni sig‘dira oladi. Chiptalar sotuvi davom etmoqda.
O‘zbekiston terma jamoasi esa, turnirni Suriyaga qarshi bahs bilan boshlaydi. Ushbu o‘yinga hozircha 11mingga yaqin chipta sotilgan. Keyingi raqiblarimiz bo‘lmish Hindiston bilan o‘yinga 34 ming, Avstraliya bilan uchrashuvga esa 10 mingta chipta sotilgan.
Fikrlar