
O‘zbekiston U-17 terma jamoasi bilan birga Osiyo kubogiga yo‘l olgan 16 ta terma jamoa nomi ma’lum
17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogiga yo‘l olgan 16 ta terma jamoa nomi ma’lum bo‘ldi. Unga ko‘ra, quyidagi jamoalar g‘oliblik uchun kurash olib boradi. Bular:
Yaponiya.
Malayziya.
Qatar.
Saudiya Arabistoni.
Hindiston.
Yaman.
Vetnam.
Tailand.
Avstraliya.
Xitoy.
Tojikiston.
Afg‘oniston.
Eron.
Laos.
O‘ZBEKISTON.
Koreya Respublikasi.
Yaponiya, Malayziya, Qatar, Saudiya Arabistoni, Yaman, Vetnam, Avstraliya, Tojikiston, Eron va O‘ZBEKISTON saralash bosqichida guruh peshqadami sifatida musobaqaning final bosqichiga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘l oldi.
Saralash bahslarida 53 ta o‘yinda jami 264 ta gol kiritildi. Avstraliyalik Nestory Irankunda 8 ta gol bilan saralash bahslari to‘purariga aylandi. O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasida eng yaxshi to‘purar — Lazizbek Mirzaev (4 ta gol).
Ma’lumot uchun, musobaqaning final o‘yinlari 2023 yilning 3-20 may kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Manba: O‘FA matbuot xizmati.
Fikrlar