
O‘zbekiston U-19 ayollar terma jamoamiz Belarusga qarshi ikkita o‘yin o‘tkazadi
2004-2005 yillarda tug‘ilgan futbolchilardan tashkil topgan O‘zbekiston U-19 ayollar terma jamoamiz 29 avgust kuni navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlariga kirishadi.
Ilhom Xanjariev shogirdlarining Toshkentdagi yig‘inlari 7 sentyabrga qadar davom etadi. Mazkur yig‘in doirasida jamoamiz Belarus U-19 ayollar termasi bilan ikkita o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Ilk bahs 2 sentyabr kuni, ikkinchisi esa 5 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar