O‘zbekiston U-19 terma jamoasi AQShni engdi

CHERY AUTO

Kosovoning Prishtina shahrida gandbol bo‘yicha U-19 o‘smirlar va U-21 yoshlar jamoalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan Xalqaro gandbol federatsiyasi (IHF) kubogi qit’alararo bosqichining guruh o‘yinlari doirasidagi navbatdagi bahslar bo‘lib o‘tdi.

Tecno

U-21 birinchiligining “B” guruhida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Ruanda jamoasi bilan kuch sinashdi.

Uchrashuvning dastlabki bo‘limida 18:20 hisobida sharqiy Afrika qit’asi vakillari ustunlikka erishdi. Uchrashuvning 2-bo‘limida ham Ruanda jamoasi tashabbusni o‘z qo‘lida saqlab qoldi. 

Ayniqsa, raqib darvozaboni gandbolchilarimizning bir qator zarbalarini bartaraf etishga muvaffaq bo‘lgani natijasida umumiy natija 40:32 ko‘rinishida afrikaliklar foydasiga hal bo‘ldi.

O‘zbekiston U-21 jamoasi o‘z guruhida ikkinchi o‘rinni egallab, yarim finalga yo‘l oldi. Terma jamoamiz yarim finalda “A” guruhida etakchilikka erishgan Bolgariya jamoasi qarshiligini engishga harakat qiladi

“B” guruhida g‘oliblik uchun kurash olib borayotgan O‘zbekiston U-19 o‘smirlar jamoasi AQSh terma jamoasi bilan ro‘baro‘ keldi.

Guruh etakchisini aniqlashga xizmat qilgan o‘yinning shiddatli kechgani ko‘rsatkichlarda o‘z aksini topdi. Birinchi bo‘limda 15:15 hisobi qayd etilgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘lim yakuniga ko‘ra, 33:32 hisobi qayd etilgan tarzda g‘oliblik hamyurtlarimizga nasib etdi

Endi o‘smir gandbolchilarimiz yarim finalda Nigeriya terma jamoasi to‘sig‘idan o‘tish uchun kurashga kirishadi.

Eslatib o‘tamiz, 15-16 mart kunlari yarim final, 3-o‘rin uchun, 5-6-o‘rinlar va final o‘yinlari tashkil etiladi. Har ikki yosh toifasida g‘oliblikka erishgan jamoalar joriy yilgi jahon chempionatlari yo‘llanmasiga ega chiqadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!