O‘zbekiston U-20 terma jamoasi "Andijon"ni bitta to‘p farqi bilan engdi

  • 29 iyul, 2022, 01:26
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Chig‘atoydagi sport bazasida rejalashtirilgan nazorat uchrashuvi o‘tkazildi. Ravshan Haydarov ustozligidagi O‘zbekiston U-20 terma jamoasi “Andijon” klubiga qarshi bahs olib bordi.

Tecno

Viktor Kumikov asosiy tarkibda yoshlarga imkoniyat berish orqali ularni yana bir bor sinovdan o‘tkazib olishni maqsad qildi.

O‘yin qiziqarli ruhda o‘tdi. Tug‘ilgan kunini nishonlagan Malikshoh Rasulov birinchi bo‘limda o‘zining aniq zarbasi bilan hisobni ochdi. Tanaffusdan keyin Ravshan Haydarov terma jamoa tarkibida kerakli o‘zgarishlarni amalga oshirdi. Natijada zaxiradan maydonga tushirilgan Aziz Xolmurodov bilan Abbos Fayzullaev Xurshid Xodjaev qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol qilishdi va yakunda 2:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.

O‘zbekiston U-20: Humoyun Sayotov, Zafar Hakimov, Mirkomil Abdurazzoqov, Izzat Po‘latov, Mahmudjon Mahamadjonov, Shahzod Ne’matjonov, Umarali Rahmonaliev, Shaxriyor Jabborov, Shoxjahon Xayrullaev, Sherzod Esonov, Rustam Turdimurodov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Aziz Xolmurodov, Abbos Fayzullaev, Abubakr Ashurov.

“Andijon”:  Xurshid Xodjaev,  Abduvohid G‘ulomov, Ahmad Anvarov, Islom Mamatkazin,  Ilhom Alijonov, Ahror Inoyatov, Asilbek Aysarov, Ibrohim Muxtorov,  Malikshoh Rasulov, Izzat Abdulhakov, Oyatillo Obidjonov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Azamat Isroilov, Abdurahmon Komilov, Farhod Sohibjonov, Muhammadkarim Toirov, Ildar Mamatkazin.

“Andijon” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!