
O‘zbekiston U-23 sardori: Janubiy Koreya bilan o‘yin barchasini hal qiladi
Xabaringiz bor, Tailandning 3 ta shahrida 23 yoshgacha futbolchilar o‘rtasida Osiyo chempionati o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bugun guruhdagi oxirgi o‘yinda maydonga tushadi. Lyubinko Drulovich shogirdlariga Janubiy Koreya raqiblik qiladi. Bellashuvda biz bir ochko olsak ham keyingi bosqichga yo‘l olamiz.
Bellashuvdan avval terma jamoamiz sardori Islomjon Qobilov OFK rasmiy saytiga o‘z fikrlarini bildirdi.
- G‘alaba qozonsak, bizda yana imkoniyat paydo bo‘ladi. Janubiy Koreya bilan o‘yin barchasini hal qiladi.
O‘zbekiston tarixida Olimpiada va jahon chempionati yo‘llanmasi yo‘q. Milliy terma jamoa oldida saralash o‘yinlari bor. Undan avval esa Olimpiyadaga chiqish uchun eng yaqini bizning terma jamoamiz zimmasiga yuklatilgan. Bu vazifa katta mas’uliyat yuklaydi, - dedi Islomjon Qobilov.
Fikrlar