
O‘zbekiston U23 terma jamoamiz safida o‘zgarish
Ayni paytda Qirg‘izistonning Bishkek shahrida Osiyo Kubogi saralashida ishtirok etish uchun hozirlik ko‘rayotgan O‘zbekiston olimpiya terma jamoamiz safida majburiy o‘zgarish kuzatildi. Bu xususida O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
"Belgiyaning “Antverpen” klubi sharafini himoya qilayotgan Muhammadali O‘rinboev kuni kecha “Vesterlo” jamoasiga qarshi o‘yinda zaxiradan maydonga tushdi. O‘yin yakunlangach, uning eski jarohati bezovta qilgani sabab, jamoaning tibbiy va jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha mutaxassislarining so‘roviga binoan O‘rinboevning tiklanish jarayonlari o‘z klubida davom ettirilishi borasida qaror qabul qilindi.
Shu boisdan uning o‘rniga “Olimpik Mobiuz” futbolchisi Muhammedali Reimov yig‘inga jalb etildi.
Eslatib o‘tamiz, Ravshan Haydarov boshqaruvidagi jamoamiz 3–9-sentyabr kunlari U-23 Osiyo Kubogi saralash bahslarida ishtirok etadi va Shri-Lanka, Qirg‘iz Respublikasi hamda Falastinga qarshi bahs olib boradi", - deyiladi rasmiy xabarda.
Fikrlar