
O‘zbekiston va Kamerunning so‘nggi o‘yinlardagi natijalari qanday?
Xabaringiz bor, ertaga O‘zbekiston milliy terma jamoasi Kamerun termasiga qarshi bahs olib boradi. Bellashuv Janubiy Koreyadagi "Goyang" o‘yingohida bo‘lib o‘tadi.
Mazkur bahs oldidan SPORTS.uz nashri ikki jamoaning oxirgi o‘yinlari borasida ma’lumot berishga qaror qildi.
Demak, raqiblarimiz oxirgi 5 o‘yinda 3 g‘alaba va 2 mag‘lubiyat qayd etgan. To‘plar nisbati - 5:3.
G‘alabalar Ekvatorial Gvineya (2:0), Burundi (1:0) va Jazoir (2:1) termalariga qarshi o‘yinlarda qo‘lga kiritilgan. 2 mag‘lubiyat Ekvatorial Gvineya (0:1) va Jazoir (0:1) jamoalariga qarshi o‘yinda qayd etilgan.
Hamyurtlarimiz esa so‘nggi 5 bahsning barchasida muvaffaqiyat qozongan. To‘plar nisbati - 16:3.
Tailand (2:0), Maldiv (4:0), Shri-Lanka (3:0), Uganda (4:2) va Qirg‘iz Respublikasi (3:1) terma jamoalari vakillarimizga imkoniyatni boy bergan. Ammo bu raqiblarga hurmat saqlagan holda shuni aytishimiz mumkinki, bizning darajamiz ulardan "bir bosh baland" ekani aniq. Oldindagi raqiblarimizga qarshi uchrashuvlarda milliy terma jamoamizga omad va zafarlar tilab qolamiz!
Shohrux Zoirov tayyorladi.
Fikrlar