
O‘zbekiston yarim finalda Saudiyadan engildi. Olimpiada yo‘llanmasi keyinroqqa qoldi
Yana birozdan so‘ng 23 yoshgacha futbolchilar o‘rtasida Osiyo chempionati yarim finalidan o‘rin olgan Saudiya Arabistoni - O‘zbekiston uchrashuvi o‘tkaziladi. G‘alaba qozongan jamoa Tokio-2020 Olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.
Ushbu muhim o‘yinning matnli translyatsiyasini saytimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.
Jamoalarning tarkiblari bilan tanishing:
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Navtbati bilan davlatlar madhiyasi yangradi. Endi o‘yin boshlanish arafasida.
1* O‘yin boshlandi. OLG‘A O‘ZBEKISTON!!!
4* Tomonlar aynaytda ehtiyotkorlikka e’tibor qaratishmoqda. To‘p uchun kurash ayni paytda maydon markazida kechmoqda.
* Hojiakbar Alijonov qarshisidagi bir raqibni aldab, to‘pni Bobir Abdixoliqovga oshirgan vaziyatda hujumchimiz o‘yindan tashqari holatda qolib ketgan ekan.
8* Islomjon Qobilov saudiyalik futbolchining oyog‘iga tepgani uchun ogohlantirildi.
12* Xavfli vaziyat! Bobir Abdixoliqov deyarli birga-bir vaziyatga chiqib, darvozabonning ustidan to‘pni oshirib qo‘ygandi. Biroq to‘p noaniq yo‘nalish oldi.
18* Yana bir xavfli vaziyat! Bobir Abdixoliqov himoyachilarning xatosidan foydalanib qolmoqchi bo‘ldi. To‘pni olib, raqib posbonidan ham o‘tdi. Ammo bo‘sh darvozaga to‘pni kirita olmadi. Lekin hakam bu vaziyatda qoida buzilganini ham qayd etdi.
* Muxlislarimiz olimpiya halqalarini hosil qilishdi.
25* Ayni paytga kelib bir nechta vaziyat yaratdik. Oybek Bozorov va Jasurbek Yaxshiboevda yaxshi imkoniyatlar bo‘ldi. Biroq ulardan foydalana olmadik.
28* Ilhomjon Alijonov chap qanotdan to‘pni darvozaga yo‘naltirmoqchi bo‘ldi. Biroq yana zarbamiz noaniq chiqdi.
31* Hakam futbolchilarga suv ichib olishlariga imkon berdi. Havo yaxshigina issiq.
35* Vakillarimiz hujumlar tashkil etishmoqda. Ammo yakun o‘xshamayapti.
38* 30 metrlar uzoqlikdan arablar jarima zarbasi ishlab olishdi. Zarbani Abdulrahmon G‘arib amalga oshirdi. Baxtimizga zarba ancha noaniq.
42* Jasurbek Yaxshiboev o‘yinni o‘ziga olishga nitilmoqda. Ammo xatoga yo‘l qo‘yyapti. To‘p uzatishlari o‘xshamayapti.
45* Taym oxirida raqib bosim qilib, jarima maydonimizda ketma-ket zarbalar berdi. Yaxshiyamki, ular tepgan to‘pga himoyachilar va darvozabon qarshi chiqmoqda.
45+1* Dastlabki bo‘limga 1 daqiqa vaqt qo‘shib berdi.
45+1* Birinchi taym yakunlandi. Hisob 0:0.
* Futbolchilar maydonga chiqib kelishdi. Ikkinchi taym boshlandi.
48* Jasurbek Yaxshiboev o‘ng qanotdan jarima maydoniga yorib kirayotganda chiziq oldidan raqib futbolchisi uni yiqitdi. Bizning foydamizga standart vaziyati. Abdulvosit Ahhindi ogohlantirildi.
51* Juda ham xavfli vaziyat yuzaga keldi. Qarshi hujumdan Abdulrahmon G‘arib foydalana olmadi. U tepgan to‘p ancha yuqoridan o‘tib ketdi.
55* Bobir Abdixoliqov jarima maydoni ichida to‘pni gavdasi bilan o‘ziga bo‘ysundirdi va 3 metrdan darvozaga bepgan to‘pini raqib posboni qaytardi. Bu orada qaytgan to‘pni qabul qilgan saudiyaliklarning qarshi hujumini Abdulla Abdulla qo‘pollik bilan to‘xtatdi va ogohlantirildi.
59* Ali Alhassan maydon markazida oybek Bozorovni ushlab qolgani uchun ogohlantirildi.
62* Hojiakbar Alijonov chiroyli tarzda tashkil etilgan hujumni davom ettirish uchun jarima maydoni ichida sheriklariga to‘pni oshirdi. Raqiblar esa qiyinchilik bilan tepib yuborishdi.
66* Markazda Abdulla Abdullaev to‘pni oldirib qo‘ydi. Bundan foydalangan arablar qarshi hujumga o‘tib, zarba yo‘llashdi. Lekin noaniq.
69* Bobir Abdixoliqov o‘rniga Islom Kenjaboev maydonga tushdi.
74* Oybek Bozorov o‘rniga Nurillo To‘xtasinov o‘yinni davom ettiradi.
80* Arablar safida 3 ta o‘zgarish amalga oshirib bo‘lindi. Ular aftidan 90 daqiqada masalani hal etishmoqchi.
88* Gol. Saudiyalik futbolchi tepgan to‘p yo‘l yo‘lakay o‘zining o‘yinchisiga tegib, darvozamizdan o‘rin oldi.
90* O‘yinga 4 daqiqa qo‘shib berildi.
90+4* Arablar qarshi hujumdan yana gol urishdi. Lekin gol inobatga olinmadi.
90+4* O‘yin tugadi. Saudiya Arabistoni 1:0 hisobida g‘alaba qozondi va yarim finalga yo‘llanma oldi.
Fikrlar