O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Jahon chempionatiga jo‘nab ketdi
Xabaringiz bor, 5-8 oktyabr kunlari Peru poytaxti Lima shahrida dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.
Dunyoning 70 ga yaqin davlati sportchilari ishtirok etadigan ushbu nufuzli musobaqada yurtimiz sharafini himoya qiluvchi polvonlarimiz okean orti - Janubiy Amerika qit’asiga yo‘l olishdi. Bu galgi jahon chempionatida terma jamoamiz to‘liq tarkibda medallar uchun bahslarga kirishadi.
Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi xabar bermoqda.



Fikrlar