O‘zbekistonda 2022 yilgi mavsum uchun transfer oynasi sanalari ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston Professional futbol ligasi 2022 yilgi mavsum uchun transfer oynalari sanalariga oydinlik kiritdi hamda FIFAda ro‘yxatdan o‘tkazdi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar tarqatdi.
2022 yilgi mavsum uchun futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish davri sifatida 6 dekabr – 26-fevral sanalari belgilab olindi. Shuningdek, mavsum davomida 4 iyul – 30 iyul sanalarida yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun qo‘shimcha transfer oynasi ochiladi.


Fikrlar