O‘zbekistonda o‘ynash variantini ko‘rib chiqyapman

  • 16 dekabr, 16:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qozog‘iston Premer-ligasi vakili “Aktobe” klubining rossiyalik legioneri Idris Umaev chempionat yakunlari haqida fikr bildirib, kelasi mavsum uchun jamoa qidirayotganini ma’lum qildi.

Tecno

- Aktobe” bilan shartnomam 1+1 ko‘rinishda edi. Mavsum tugadi va endi qaror qabul qilishim kerak. Shu bilan birga muzokaralar olib boryapman, Qozog‘iston va O‘zbekistondan variantlar bor. Kecha ular bilan qo‘ng‘iroqlashdik ham.

“Aktobe”da qolaman, deb aytolmayman. Chunki yakunlangan chempionatda juda kam o‘ynadim. Agar keyingi mavsumda ham shunday bo‘lsa, bu men uchun katta minus bo‘ladi.

Men qaerda bo‘lmasin mavsumni to‘liq o‘tkazish va muntazam o‘ynashni istayman. Har bir o‘yinda maydonga tushib, o‘yin tonusini ushlab turish juda muhim. Buyog‘ini o‘ylab ko‘ramiz.

Lekin ishonchim komilki, agar o‘ynasam, jamoaga foyda keltiraman va o‘tgan mavsumga qaraganda o‘zimni ancha yaxshiroq ko‘rsata olaman, - dedi Idris Umaev.

O‘tgan mavsumda Idris Umaev jami 19 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urgan va 4 ta golli pas bergan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!