
O‘zbekistonda yangi promoushenga asos solinmoqda!
Yurtimizda MMA sporti ham tobora rivojlanib bormoqda. Albatta, professionallar o‘rtasidagi turnirlar ushbu sport turini yanada ommaviylashishiga xizmat qiladi. Hozirga kelib, Jahonda UFC, Bellator, ONE Championship promoushenlari tashkil etadigan jang kechalari katta qiziqishga sabab bo‘lmoqda va qaysidir ma’noda professional boks kechalarini raqobatda ham ortda qoldirmoqda desak, yanglishmagan bo‘lamiz.
Yurtimizda ham bir qator promoushenlar tashkil etildi va ular tashkil etgan turnirlar sport muxlislarida katta qiziqish uyg‘otayotganligi ham sir emas. Jumladan, ATF Championship, MPL (Muradov_Professional_Legue), VVFC promoushenlari uzluksiz jang kechalarini tashkil etmoqda.
Sytimizga ma’lum bo‘lishicha, Andijon shahrida ham MMAga ixtisoslashgan promoushen tashkil etilmoqda. Bo‘ston tumanida asos solinayotgan QFC (Qodir Tekstil Fighting Championship) promousheni yurtimizda professional MMAni rivojiga o‘z xissalarini qo‘shish niyatida.
Tez orada ushbu promoushen o‘z turnirlariga start berish arafasida. Bu borada ularga omad tilaymiz. Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!
Fikrlar