O‘zbekistonga qaysi terma jamoa raqib bo‘lishi mumkin?
20 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasidagi Osiyo Kubogi "B" guruhi 3-turidan o‘rin olgan ikki uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Avstraliya va Qatar terma jamoalari o‘rtasidagi bahsda gollar shousi guvohi bo‘ldik. Aksar gollar "yashil qit’a vakillari" tomonidan kiritildi. Hisob - 9-1. Shuningdek, Eron Vetnamni 3:1 hisobida taslim etishga muvaffaq bo‘ldi.
Shu tariqa, Avstraliya guruh peshqadami sifatida, Vetnam esa ikkinchi o‘rin bilan keyingi bosqich yo‘llanmasiga ega chiqdi. Qayd etish lozim, O‘zbekiston shu ikki termadan biri bilan keyingi bosqichda kuch sinashadi.
Fikrlar