O‘zbekistonlik aka-ukalar Qozog‘istondagi super janglarda ishtirok etadi

  • 10 oktabr, 2020, 14:20
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

25 oktyabr kuni Qozog‘istonning Almati shahrida «Bushido Qazaqstan» promouterlik ligasi tomonidan K-1 yo‘nalishi bo‘yicha "Grand Prix" turniri bo‘lib o‘tadi. Biz uchun ahamiyatli jihati, ushbu jang kechasida ikki hamyurtimiz aka-uka Jamshid va Bobur Tagiev ham o‘z janglarini o‘tkazadi. Bobur Tagiev kuchli sakkizlik bahslarida 71 kg vaznda ishtirok etadi. Ya’ni, sakkiz nafar ishtirokchi bir-biri bilan to‘qnash keladi. Yanada aniqroq qilib aytsak, bir kunni o‘zida uch marotaba jang o‘tkazadi.

Tecno

Ushbu sakkizlik janglari MMA qonun-qoidalariga asoslangan holda bo‘ladi. Albatta, o‘rtaga mazkur promoushenning chempionlik kamari tikilgan. Jamshid Tagiev esa bittalik super janglarda ishtirok etadi. U 75 kg vazn toifasida mezbonlar vakili muaytay bo‘yicha sport ustasi, ko‘p karra Qozog‘iston chempioni, 2013 yil Evropa ochiq chempionati g‘olibi, Osiyo chempioni, Osiyo o‘yinlari kumush medal sohibi(Ashxabod, 2017 yil), jahon chempionati sovrindori (2017 yil, Minsk) Vadim Loparev bilan chempionik tituli uchun jang qiladi.

Shuningdek, bir qator hakamlarimiz ham ushbu turnirda faoliyat yuritadi. Jumladan, Elmurod Amanboev bosh hakam sifatida ishlasa, Mansur To‘g‘izboev, Mavlon Qahhorov, Nurali Bahriddinov, Jamshid Kenjaev referilik qiladi.  Delegetsiyamizga O‘zbekiston K-1 federatsiyasi raisi Jasur Ne’matov boshchilik qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!