O‘zbekistonlik avtopoygachi BAAda bo‘lib o‘tadigan Formula-4 chempionatida debyut qiladi

  • 19 yanvar, 2022, 21:04
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Boshqalar
CHERY AUTO

O‘zbekiston Milliy avtomobil klubi (O‘zMAK) Xalqaro avtomobil federatsiyasi – FIAning teng huquqli a’zosi bo‘lgach, hamyurtlarimiz uchun FIA shafeligida o‘tadigan musobaqalarda ishtirok etish imkoniyati oshdi. So‘zimizning tasdig‘i sifatida o‘zbekistonlik pilot Ismoil Ahmadxo‘jaev mamlakatimiz tarixida ilk bor Formula-4 chempionatida qatnashayotganligini aytish mumkin.

Tecno

photo_2022-01-19_16-02-15

“F-4 UAE Championship” musobaqasi Xalqaro avtomobil federatsiyasi – FIA ko‘magida bir oy davomida Birlashgan Arab Amirliklarining ikki shahri – Dubay va Abu-Dabida o‘tkaziladi. Poygalar Formula-1 trassalarida, ya’ni “Yas Marina” va Dubay avtodromida tashkil etiladi.

Eng yuqori xavfsizlik standartlariga rioya qilingan holda hamda xarajatlarni me’yor darajasida ushlab turish orqali tashkil etiladigan “F-4 UAE Championship” chempionati yosh poygachilarga xalqaro miqyosda tan olingan trassalarda o‘z mahoratini oshirish hamda formula toifalarida o‘z faoliyatini boshlash uchun etarli vaqt davomida mashq qilish uchun ideal platformadir. Dastlabki uchta mavsumda ishtirok etgan ko‘plab avtopoygachilar allaqachon Formula-4 va Formula-3 bo‘yicha Evropa chempionatlarida o‘z omadlarini sinab ko‘rishmoqda.

photo_2022-01-19_16-02-16

Hamyurtimizga “F-4 UAE Championship” chempionati o‘z iqtidorini ko‘rsatish va kelajakda FIA super litsenziyasini qo‘lga kiritish uchun chempionlik ochkolarini jamg‘arish yo‘lida ajoyib imkoniyatdir. Ma’lumot uchun, Formula-1 pilotilari FIAning super litsenziyaga ega bo‘lishadi.

Biz o‘zbekistonlik avtopoygachi Ismoil Ahmadxo‘jaevga bo‘lajak musobaqalarda omad tilaymiz, - deyiladi Turizm va sport vazirligi matbuot xizmatining xabarida.

photo_2022-01-19_16-02-17

photo_2022-01-19_16-02-15 (2)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!