
O‘zbekistonlik darvozabon Tojikistonning boshqa klubiga ko‘chib o‘tdi
O‘zbekistonlik iqtidorli darvozabon, o‘tgan yili Tojikiston chempionatida Kulobning “Ravshan” jamoasi sharafini himoya qilgan Muhriddin Ahmedov yangi mavsumni qaysi klubda boshlashi ma’lum bo‘ldi.
Ahmedov qishki tayyorgarlik paytida “Turon” hamda “Andijon” klublari bilan ham yig‘inlarda ishtirok etdi. Ammo unga yana Tojikistondan qulay shartnoma taklif qilindi.
Bu yil Tojikiston elitasiga chiqqan “Ravshan-Zafarobod” jamoasi Muhriddin Ahmedov bilan shartnoma imzoladi. Shu tariqa, hamyurtimiz qo‘shni yurtdagi faoliyatini yana davom ettiradigan bo‘ldi.
Fikrlar