O‘zbekistonlik futbol ishqibozlari uchun xushxabar!
Xabaringiz bor, 16 maydan e’tiboran Germaniya Bundesligasi bahslari davom ettiriladi. Muxlislarsiz o‘tkaziladigan uchrashuvlarni MTRK tarkibidagi "Sport" telekanali namoyish etadi. Bu haqda telekanal direktori Zohid Karimov o‘zining "Twitter"dagi sahifasida ma’lum qildi.
"Futbol bo‘yicha Germaniya Bundesligasining O‘zbekistondagi eksklyuziv huquqi MTRKga tegishli va nasib etsa, o‘yinlar kanalimiz orqali namoyish etiladi", - deb yozdi Karimov.
Bundesliga bellashuvlari 16 may sanasidan boshlab "Borussiya" Dortmund va "Shalke-04" jamoalari o‘rtasidagi Rur derbisi bilan davom ettirilishi haqida ilgari ma’lumot bergan edik.
Fikrlar