O‘zbekistonlik hakamlar xalqaro uchrashuvlarda ishlaydi

  • 7 oktabr, 2021, 12:10
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Jahon chempionati saralash bahslarining 3-bosqichidan o‘rin olgan Iroq — Livan uchrashuvida Ilgiz Tantashev VAR hakami sifatida ishlaydi. Shuningdek, mazkur bahsda VAR texnikasi uchun mas’ullik Baxtiyorxo‘ja Shavkatovga ishonib topshirilgan. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Bundan tashqari, ayni kunlarda Saudiya Arabistonining Dammam shahrida 23 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasidagi G‘arbiy Osiyo futbol federatsiyalari turniri davom etmoqda. Ushbu musobaqada o‘zbekistonlik mutaxassis Vlalislav Tseytlin hakamlar nazoratchisi sifatida faoliyat olib bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!