O‘zbekistonlik hujumchi xorij klubida ko‘rikdan o‘tmoqda (Fotofakt)
O‘tgan mavsumni “Bunyodkor” safida yakunlagan hujumchi ayni paytda xorij klubida ko‘rikdan o‘tmoqda.
SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, Vohid Shodiev Tojikistonning “Istiqlol” klubi yig‘inida ishtirok etmoqda. Vohid kecha “Qo‘qon-1912”ning “Istiqlol”ga qarshi nazorat uchrashuvida tojikistonliklar safida maydonga tushdi.
.jpg)
Agar hujumchining harakatlari jamoa murabbiylariga ma’qul kelsa, Shodiev yangi mavsumni ligioner sifatida boshlaydi.

Fikrlar