O‘zbekistonlik jangchining "AMC Fight Night 99" turniridagi raqibi aniq bo‘ldi

  • 26 noyabr, 2020, 14:20
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

O‘zbekistonlik MMA jangchisi Bahodir Boqiev Rossiyaning "Fight Night" promousheni bilan shartnoma imzolagani haqida xabar bergan edik. Shuningdek, yurtdoshimiz 25 dekabr kuni Moskvada bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan "AMC Fight Night 99” turnirida oktagonga ko‘tariladi.

Biz ushbu shartnoma va bo‘lajak raqibi haqidagi savollar bilan sportchimizga murojaat qildik.

Avvalo, nufuzli promoushen bilan shartnoma tuzganligingiz bilan tabriklaymiz!

Rahmat!

Biz uchun qiziqarli jihati siz GFCda ham jang o‘tkazayotgan edingiz...?

Savolingizni tushundim. Menejerimni aytishi bo‘yicha, bu promoushenda ham o‘z janglarimni o‘tkazaverar ekanman.

Bu qay tarzda amalga oshadi, har ikki tashkilot bunga ruxsat beradimi?

Bu borada muammo bo‘lmaydi, deb aytdi.

“Fight Night” sizga nechta jang taklif qildi. Ya’ni, shartnoma bandlaridan nechta jang o‘rin olgan?

To‘rtta.

boxo1

25 dekabr kuni qaysi vazn toifasida - o‘ta engilmi (56,7-61,2 kg) yoki yarim engilda (61,2 -65,6 kg)  jang qilasizmi?

O‘ta engil vazn toifasida oktagonga ko‘tarilaman.

Demak, raqib ham aniqqa o‘xshaydi?

Albatta, raqibim qozog‘istonlik Assu Almabaev (11-2) bo‘ladi.

Siz yaqindagina jangovar sambo bo‘yicha jahon chempionligini qo‘lga kiritdingiz. Demoqchimanki, MMAdagi janglaringiz sambodagi faoliyatingizga ta’sir qilmaydimi?

Ijobiy tomondan ta’sir qilishi mumkin. Chunki, har ikkisi bir-biriga juda yaqin sport turi hisoblanadi.

Musobaqlar taqvimini nazarda tutgandim. Har ikki yo‘nalishdagi musobaqlar bir vaqtda bo‘lib qolish ehtimoli mavjudku?

Ehtimol, lekin biz vaziyatga qarab ish ko‘ramiz.

Hozircha, bermoqchi bo‘lgan savollarimiz shular edi. Nasib qilsa, 25 dekabrdagi g‘alabangizdan so‘ng yana bir qator savollar paydo bo‘lishi aniq. Bu borada sizga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!

E’tibor uchun minnatdorman. G‘alabalar bilan yurtdoshlarimizni xursand qilishga harakat qilamiz.

Boxo

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!