
O‘zbekistonlik jangchining UFCga o‘tish imkoniyati oshdi... Nima uchun?
O‘zbekistonlik MMA jangchisi Zarruh Adashev Amerika Qo‘shma Shtatlarida faoliyat olib borayotganidan xabaringiz bor. U 56.7 kg vazn toifasida “Bellator” da o‘z janglarini o‘tkazadi. Ayni vaqtda okean ortida bo‘lib turgan ushbu sportchimiz, bir muncha avval UFC ga o‘tishi mumkin ekanligi va bu borada muzokaralar davom etayotganini aytgan edi. Biz ushbu voqeylik qanday yakunlanganini bilish borasida Zarruh Adashev bilan bog‘landik.
- Muzokaralar qizg‘in pallaga kirganda koronavirus pandemiyasi sabab, barcha o‘zi bilan ovora bo‘lib qoldi. Muammolar ko‘paydi. Shuning uchun, bu muzokaralar o‘z yakuniga etmay to‘xtab qolgandi. Kuni kecha, menejerim yana bu mavzuga qaytilgani va tez orada UFCga o‘tamanmi yoki yo‘qmi, bunga aniqlik kiritilishini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, bu promoushen bilan shartnoma imzolash imkoniyatim yuqori. Sababi, hozirga kelib, AQShga ko‘plab jangchilar kela olishmayapti. Mening esa, hozirda shu erda ekanligim muhim rol o‘ynashi mumkin ekan. Nasib qilsa, yaqin kunlarda yangilik bo‘lib qolar... Yana kim biladi? Barchasi Yaratganning izmida!
Fikrlar