O‘zbekistonlik karatechilar umumjamoa hisobida Osiyo-Okeaniya chempionatida g‘alaba qozondi!

CHERY AUTO

18-20 avgust kunlari Samarqand shahrida ITKF karate-do bo‘yicha 4-Osiyo-Okeaniya chempionati bo‘lib o‘tdi. Mazkur chempionatga 15 dan ortiq mamlakatlar tashrif buyurdi. O‘smirlar-yoshlar va kattalar o‘rtasida tashkil etilgan ushbu musobaqa qizg‘in va kechkin kurashlarga boy tarzda o‘tdi.  Ishtirokchilar kata, jamoaviy kata, kumite, kixon va En-Bu yo‘nalishlarida g‘oliblik uchun bahs yuritdilar.Ayniqsa, jamoaviy kumite bellashuvlari juda qiziqarli tarzda kechdi. Murosasiz janglardan keyin Tojikiston va O‘zbekiston jamoalari finalga chiqdi. Yakunda, ajoyib harakatlar evaziga O‘zbekiston vakillari 3:0 hisobida g‘alabaga erishdi va chempionga aylanishdi. 
Chempionat yakuniga ko‘ra, umumjamoa hisobida ham O‘zbekiston 1-o‘rin, Tojikiston 2-o‘rin va Turkmaniston 3-o‘rinni egalladi. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!