
O‘zbekistonlik Mansurbek Tolipov Kambodjadagi ajabtovur jang kechasida ishtirok etadi
Ertaga, hamyurtimiz Mansurbek Tolipov muaytayning professional yo‘nalishi bo‘yicha “MAS Fight” turnirida navbatdagi jangini o‘tkazadi. Mazkur jang kechasi Kambodja mamlakatida tashkil etilgan. Unga mezbonlar vakili Sinja raqiblik qiladi. Yana shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, “MAS Fight” ning ushbu turniri yangi tashkil etilgan bo‘lib, g‘ayritabiiy tarzda o‘tkaziladi. Ya’ni, bir raund bo‘ladi xolos. Ushbu yagona raund 9 minut davom etadi.
Ma’lumot uchun, Mansurbek muaytayning professional yo‘nalishida 60 ta jang o‘tkazgan, ularning 50 tasida g‘alaba qozongan bo‘lsa, 10 bora mag‘lubiyatga uchragan. Faoliyati mobaynida profi yo‘nalishda jahon va Osiyo chempionligini qo‘lga kiritgan.
Fikrlar