O‘zbekistonlik "Mirko" amerikalik "Snayper"ga qarshi!

  • 4 sentabr, 2024, 16:50
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

O‘zbekistonlik MMA jangchisi "mirko" nomi bilan mashhur  Mirafzal Axtamovning navbatdagi jang sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi. Aslida yurtdoshimiz 8 avgust kuni  AQShning LFA promoushenida Jefrey Kreygga qarshi jang o‘tkazishi kerak edi. Biroq, raqibi kutilmaganda jarohat olib, bu jang qoldirilgandi. Va nihoyat hamyurtimizning ushbu qoldirilgan jang sanasi ma’lum bo‘ldi. U 14 oktyabr kuni oktagonga ko‘tariladi. Biroq raqib o‘zgargan. U endi AQSh vakili The Guzman (Mergan) deb ataluvchi Sedrik Gunnisonga qarshi jang qiladi. Ushbu jang kechaning 2-markaziy jangi bo‘lib, yarim o‘rta vazn (77,1 kg) toifasida bo‘lib o‘tadi. 

Ma’lumot uchun, Axtamovning rekordi 7-0-1 bo‘lsa, Gunnison 7-3 natija qayd etib turibdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!