O‘zbekistonlik muaytay ustasi Face to Face marosimida ishtirok etdi. Ertaga jang!

CHERY AUTO

Yurtimizning eng ko‘zga ko‘ringan professional muaytaychisi Bobur Tagiev navbatdagi jangini o‘tkazadi. U ertaga 26 mart kuni Turkiyaning Istanbul shahrida "Vendetta" promousheni tomonidan tashkil etilayotgan "Fight Night Istanbul" turnirida ringga ko‘tariladi. 

Bu safargi raqib juda kuchli va "One Championship" promousheni chempioni sanaladigan Rossiya vakili Jamal Yusupov bo‘ladi. U "One Championship" da 6 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan. 

Mazkur qarama-qarshilik turnirning asosiy jangi hisoblanib, 72 kg vazn toifasida K-1 yo‘nalishida bo‘lib o‘tadi. Bugun ushbu jang avvalida o‘ziga xos Face to Face marosimi bo‘lib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, Bobur Tagiev 25 fevral kuni Dubay shahrida tashkil etilgan professional muaytay kechasida WMC International chempionlik kamari uchun frantsiyalik Valentin Tibautga qarshi jang qilgan edi. Ushbu to‘qnashuvda ustunlik qilayotgan hamyurtimiz jiddiy jarohat olganligi sababli, jang to‘xtatilgan va g‘alaba Tibautga berib yuborilgandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!