O‘zbekistonlik sportchilar bodibilding bo‘yicha xalqaro turnirda umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashdi

CHERY AUTO

Qozog‘istonning Almata shahrida o‘tkazilgan bodibilding bo‘yicha Markaziy Osiyo chempionatida sportchilarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rin bilan yurtimizga qaytadigan bo‘lishdi.

Tecno

Turli vazn toifalarida erkaklar o‘rtasidagi musobaqalarda Nikolay Tavarbekov, Shamshod Qobilov, Baxtiyor Mamajonov, Sirojiddin Sharafov, Evgeniy Chenkin, Vitaliy Skripachev, Nikolay Filippov shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilgan bo‘lsa, Sergey Fomin, Sardor Ikromov, Vadim Jilin kumush va Alisher Ilhomov bronza medaliga munosib ko‘rildi.

Ayollar o‘rtasidagi bellashuvlarda esa Marina Demidova, Rushana Maqsumova oltin, Laylo Valieva, Svetlana Oganesyan, Jeporova Sabina kumush va Svetlana Chernova bronza bilan taqdirlandilar. Shuningdek, Margarita Axmetzyanova faxrli to‘rtinchi o‘rinni egalladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!