O‘zbekistonlik sportchilarining xalq orasida mashhur bo‘lgan nomlari (1-qism)

CHERY AUTO

Sport bu keng ko‘lamli tushuncha desam yanglishmagan bo‘laman. Sababi, u nafaqat sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiladi balki mamlakatning imidjida ham muhim rol o‘ynaydi. Qolaversa, ushbu yo‘nalishda yurtning, millatning sha’nini xalqaro arenalarda munosib himoya qilinishi uchun ham sportchilar qadrlanishadi. Shuningdek, chempionlar, mahoratli sportchilar xalqning tom ma’nodagi “qahramon”lari sanaladi. Ularning g‘alabalaridan aqldan ozgudek quvonishsa, mag‘lubiyatlaridan aziyat chekishadi. Ma’lumki, ko‘zga ko‘ringan sportchilar muxlislar orasida o‘z ism-sharifidan tashqari boshqa nomlar bilan ham mashhur bo‘ladi. Ayniqsa, jangovar sport turlarida bu juda ko‘p uchraydi. Albatta, bunday nomlar ularning harakatlaridan, jangovar qobiliyatidan va uslublaridan kelib chiqib, paydo bo‘ladi.

O‘zbek sportchilari ham bundan mustasno emas. Bugun biz jangovar sport turlarida o‘z vaqtida mashhur bo‘lgan sportchilarimiz barobarida hozirda ham faoliyat yuritayotgan yulduzlarimizning xalq orasidagi nomlari bilan tanishtiramiz.

 Rufat Risqiev – bokschi

Ushbu inson o‘zbek boksining tirik afsonasi ekanligini yaxshi bilasiz. To‘rt karra Sobiq Ittifoq chempioni, Jahon chempioni bo‘lgan Rufat aka “Toshkent yo‘lbarsi” nomi bilan mashhur bo‘lgan.

rufat aka

Artur Grigoryan – bokschi

Havaskor boksda Sobiq Ittifoq spartakiadasi g‘olibi, MDH chempioni, Jahon chempionati sovrindori bo‘lgan bokschimiz professional yo‘nalishda WBO chempionlik kamari sohibi bo‘lgan va uni ko‘p bora himoya qila olgandi. U professional faoliyatini Germaniyada olib borgan va aynan u erda “Qirol Artur” nomi bilan mashhur bo‘lgan.

grigoryn

Ruslan Chagaev – bokschi

Havaskor boksda Jahon chempioni, Osiyo chempioni professional yo‘nalishda WBA yo‘nalishida jahon chempioni bo‘lgan yurtdoshimiz “Oq Tayson” nomi bilan mashhur bo‘lganligidan ko‘pchilikning xabari bor...

Ruslan

Sunnat Ilyasov – MMA jangchisi

O‘zbekistonlik MMA bo‘yicha birinchi jahon chempioni, ushbu sport turining yurtimizdagi bayroqdori bo‘lgan, hozirda O‘zbekiston MMA terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritayotgan Sunnat akani “Shayton” deb atashardi.

Sunnat

Timur Muhammedjonov – kikboksingchi

Mazkur sport turining professional yo‘nalishi bo‘yicha yurtimizdan chiqqan birinchi jahon chempioni. Ko‘p marta O‘zbekiston chempionati, xalqaro turnirlar g‘olibi, xavaskor yo‘nalishda bir necha bor jahon chempionati sovrindori bo‘lgan. Xullas, o‘zbek kikboksingi namoyandalaridan biri. U chaqqonligi, abjirligidan kelib chiqib, “Pantera” deb nom olgandi. Hozirda Timur Muhammedjonov Toshkent shahar kikboksing federatsiyasining raxbari sanaladi.

timur

Shavkat O‘raqov – kikboksing, MMA

Bu yorug‘ olamni tark etgan, ajoyib sportchining aslida boshqa nomi bo‘lmagan edi. Lekin, rossiyalik mashhur Aleksandr Shlemenko bilan jang o‘tkazganidan so‘ng, rus jangchisi yurtdoshimizning salohiyatiga qoyil qolib, uni “Uragan” ya’ni “Dovul” deb atagandi. Bir so‘z bilan aytganda marhum yurtdoshimiz rus jangchilari orasida shunday nom qozona olgandi.

Bez nazvaniya

Nuriddin Nuriddinov – kikboksing, qo‘l jangi, unifayt

Ushbu yurtdoshimiz kikboksing borasida juda ko‘p turnirlarda zafar quchgan. Jumladan, havaskor yo‘nalishda O‘zbekiston chempioni, Osiyo, Jahon chempionligini qo‘lga kiritgan. Xalqaro turnirlar g‘olibiga aylangan. Professional yo‘nalishda ham jahon kubogini yuta olgandi. Qo‘l jangi, unifaytdan ham jahon chempionligini qo‘lga kirita olgan. Bir so‘z bilan aytganda sovrindor sportchilarimizdan biri. Nuriddinni xalq orasida “Boboy” deb atashadi. Hozirda u faoliyatini yakunlagan.

boboy

Murod Xonto‘raev – MMA jangchisi

Aralash jang san’ati bo‘yicha yurtimizdagi eng mashhur sportchilardan biri. Qozog‘istonning “Alash Prayd” , qirg‘izistonning WEF yo‘nalishlari chempioni bo‘lgan. Havaskor sport turlaridan, jumladan, universal jang, qo‘l jangi, kikboksing bo‘yicha juda ko‘p sovrinlarni qo‘lga kiritgan. Bu jangchimiz xalq orasida “Osiyo ayig‘i” nomi bilan shuhrat topgan.

photo_2019-09-18_15-21-33

Davomi bor...

 

 

 

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!