O‘zbekistonlik "Toni" 5 yillik tanaffusdan so‘ng ringga qaytmoqda yoxud u Bankokda jang qiladi

BEPUL PROPAN

13 fevral kuni Tailandning Bangkok shahrida katta professional muaytay kechasi bo‘lib o‘tadi. Biz uchun ahamiyatli jihati ushbu jang kechasida 5 yillik tanaffusdan so‘ng, Tailandda ham juda mashhur bo‘lgan, taylar zaminida "Toni" nomi bilan mashhur yurtdoshimiz Qobilbek To‘laboev yana o‘z jangini o‘tkazadi. 

Tailandning mashhur turnirlaridan biri Lumpine "FAIRTEX FIGHT"da ringga ko‘tariladigan yurtdoshimizga mezbonlar vakili Romsritxon Gamlayok raqiblik qiladi. 

Mazkur qarama-qarshilik -60 kg vazn toifasida o‘tkaziladi. Jang 3 raund, 3 daqiqadan iborat bo‘ladi. 

Shu o‘rinda mazkur yurtdoshimizga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!

toni1_1

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!