
O‘zbekistonlik yosh shaxmatchilardan Jahon chempionatida medallar shodasi
Serbiyaning Vrnyachka Banya shahrida maktab o‘quvchilari o‘rtasida jahon chempionati yakunila etdi. Ushbu nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi shaxmatchilari ham ishtirok etib, bir qator sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.
"FIDE World School Chess Championships 2025" maktab o‘quvchilari o‘rtasida jahon chempionatida 7 yoshgacha qizlar o‘rtasida Xalqaro shaxmat akademiyasi o‘quvchisi Azamxo‘jaeva Moxinur kumush medalni qo‘lga kiritdi!
13 yoshgacha qizlar o‘rtasida Xalqaro shaxmat akademiyasi o‘quvchisi Begmuratova Sarvinoz turnirning oltin medalmni qo‘lga kiritdi. U 9 turdan 7,5 ochko to‘plab, birorta ham bahsda mag‘lub bo‘lmadi. Sarvinoz ushbu muvaffaqiyati bilan FIDE Women FIDE Master (WFM) unvonini olish imkoniyatiga ham ega bo‘ldi.
15 yoshgacha qizlar o‘rtasida Xalqaro shaxmat akademiyasi o‘quvchisi Imomkuzieva Nilufarxon oltin medalni qo‘lga kiritdi. U Serbiya, Ruminiya, Hindiston, Kuba va Gruziyaning kuchli shaxmatchilarini mag‘lubiyatga uchratib, xalqaro reytingini 60 punktga oshirishga muvaffaq bo‘ldi.
9 yoshgacha o‘g‘il bolalar o‘rtasida Xalqaro shaxmat akademiyasi o‘quvchisi Nematullaxanov Nurmuhammad oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Chempionatning umumiy natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi 3 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medal bilan, oltin medallar soniga ko‘ra, Qozog‘iston vakillaridan keyin 2-o‘rinni qayd etdilar.
Fikrlar