
O‘zbekistonni chempionlikdan ayirgan posbon APLga yo‘l olishi mumkin!
Yaponiya milliy terma jamoasi asosiy posboni Zion Suzukiga Angliyaning top klublari, "Manchester Yunayted" va "Vest Xem" klublari qiziqmoqda.
Gap shundaki, "Parma"da ishonchli o‘yinlar ko‘rsatib, jamoaning asosiy darvozaboniga aylangan yaponiyalik posbon uchun bir qancha klublar qiziqish bildirmoqda. Andre Onananing qo‘pol xatolaridan zerikkan "Manchester Yunayted" uning o‘rnini aynan Suzuki bilan to‘ldirmoqchi. Bundan tashqari, yangi mavsumda evrokuboklar zonasi uchun kurashishni maqsad qilgan Londonning "Vest Xem" klubi xam darvozabon atrofidagi vaziyatni kuzatyapti.
Suzuki O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasiga qarshi 2024 yilda o‘tkazilgan Osiyo kubogining so‘ngi daqiqilarida Umarali Rahmonalievning penaltisini qaytargan edi.
Ma’lumot uchun, 22 yoshli kiper yakuniga etgan mavsumda "Parma" safida umumiy 37 ta o‘yinda maydonga tushgan.
Fikrlar