
O‘zbekistonni mag‘lub etib, Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan saudiyaliklarga qanchadan mukofot puli berilishi ma’lum
Xabaringiz bor, kecha 23 yoshgacha futbolchilar o‘rtasida Osiyo chempionati yarim finalidan o‘rin olgan Saudiya Arabiston - O‘zbekiston uchrashuvi o‘tkazildi. Unda saudiyaliklar 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, finalga chiqishdi va Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.
Ushbu voqelikdan so‘ng Saudiya Arabistoni sport vaziri shahzoda Abdulaziz bin Turki olimpiya terma jamoasining har bir o‘yinchisiga Olimpiada yo‘llanmasi qo‘lga kiritilgani uchun 53 ming dollardan mukofot puli berilishi bo‘yicha qaror qabul qildi. Bu haqda Alisher Nikimbaev telegramdagi o‘zining sahifasida ma’lum qildi.
Fikrlar