O‘zbekistonni mag‘lub qilgan Isroil Braziliyani ham taslim qildi

  • 4 iyun, 2023, 01:37
  • Suhrob Xolbekov
  • 1
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Argentinada o‘tkazilayotgan 20 yoshlilar o‘rtasidagi Jahon chempionatining chorak final uchrashuvlari start oldi. Ilk o‘yin Isroil va Braziliya o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Unda evropaliklar 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Dastlab, 56-daqiqada Leonardo "pentakampeonlar"ni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, oradan ko‘p o‘tmay Xalaili imkoniyatlarni tenglashtirib qo‘ydi. O‘yinning so‘nggi daqiqalarida Nasimentu hisobni 1:2 ko‘rinishiga olib keldi. Ammo yana Isroilliklar gol urdi. Qo‘shimcha taymlarda esa Turgeman Braziliya darvozasini ishg‘ol qilib, jamoasiga g‘alaba keltirdi. 

Shu tariqa, Isroil yarim finalga yo‘l oldi. Terma jamoaning keyingi raqibi AQSh-Urugvay bahsida ma’lum bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
expert Umid-informatik
04/06/2023 08:58
Хеч қачон Бразилия ўшанга ютқазадими, кугили . Демак ўша чемпион бўлади